Chiziqli funksiya 2-dars

Matematika 8-sinf
Mavzu: Chiziqli funksiya 2-dars
Matn: Chiziqli funksiya f(x)=kx+b formula bilan aniqlanadigan funksiya, bunda k va b — haqiqiy sonlar hisoblanadi.
Xossalari:
1. Barcha haqiqiy x sonlar uchun aniqlangan;
2. haqiqiy qiymatlarni qabul qiladi;
3. k > 0 da ouvchi, k<0 da kamayuvchi, k=0 da oʻzgarmas, OY oʻqni (0,b) nuqtada kesib oʻtadi;
4. Ikki y=kx+b chiziqli funksiya parallel boʻlish sharti: k=k; Ikki funksiya ustma-ust tushish parametrlari esa: k=k va b=b boʻladi;
5. Chiziqli funksiyaning orttirmasi argument x orttirmasiga proporsional. Chiziqli funksiyaning grafigi — toʻgʻri chiziqdir. Bu toʻgʻri chizik bilan Ox oʻqi orasidagi burchak a ning tangensi k ga teng: k = t ga. k son Chiziqli funksiya grafigining Ox oʻqiga ogʻishini ifodalaydi. b parametr Chiziqli funksiya grafigi Oy oʻqdan ajratgan kesmaning uzunligiga teng. kning qiymati Ox oʻqi bir birlik surilganda Oy oʻqi necha birlikka surilishini ifodalaydi. Masalan, f(x)=2x+5 funksiyada x=1 qiymatda funksiya y=7 qiymatni oladi. x=2 qiymatda funksiya y=9 qiymatni qabul qiladi. Yaʼni x ning qiymati bir birlikka oshganda y ning qiymati 2 birlikka oshyapdi, chunki k ning qiymati 2 ga teng.