Natural sonlar

Matematika 5-sinf
Mavzu: Natural sonlar
Matn: Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb ataladi.Har qanday natural son o'nta 1,2,3,4,5,6,7,8,9,0 raqamlar bilan ifodalanadi. Sonlarni bunday yozish usuli o‘nli sanoq sistemasi deb yuritiladi. 0 (nol) raqami o'zi turgan xonada birorta ham birlik yo'qligini bildiradi. Bu belgi nol sonini ifodalashda ham ishlatiladi. 0 (nol) natural son emas. Natural sonlar qatorida 1 (bir) eng kichik natural sondir. Har qanday natural songa 1 (bir) ni qo'shsak, natural sonlar qatorida undan keyin keluvchi va undan katta natural son hosil bo'ladi. Natural sonlar qatori cheksizdir, unda eng katta son yo'q. Chunki, eng katta son bor desak, unga 1 (bir) ni qo'shib undan ham katta sonni hosil qilaveramiz.