Yerning quyosh atrofida aylanishi

2020-03-11 14:09:07

Geografiya 5-sinf
Mavzu: Yerning quyosh atrofida aylanishi
Matn:

Keling, ishni Yer va boshqa sayoralarni aylanishga nima majbur qilishini
aniqlashdan boshlay qolaylik. Quyosh sistemasining paydo bo`lishi to`g‟risidagi
nazariyalardan biriga ko`ra, bundan, taxminan, 5 milliard yil muqaddam ulkan chang
buluti paydo bo`lib, aylana boshlagan. Natijada u gardishga aylanadi va uning
markazidagi issiq massadan Quyosh bino bo`ldi. Chang bulutining chetki qismlari
aylanayotgan ayrim-ayrim massalarga aylanadi, ulardan keyinchalik sayyoralar paydo
bo`ladi.
Hozirgi paytda Yer qatori boshqa sayoralar ham aylanib turibdi. Nima uchun
Yer va boshqa sayyoralar ochiq kosmik fazoga uchib chiqib ketmaydi? Bunga
Quyosh gravitatsiyasi yoki tortish kuchi yo`l qo`ymaydi.
Nyutonning harakat qonuniga asosan, harakatlanayotgan narsa o`ziga tashqi
kuch ta'sir qilmaguncha, to`g‟ri chiziq bo‟ylab harakat qilaveradi. Shuning uchun ham
harakatlanayotgan sayyoralar to`g‟ri chiziq bo`ylab Quyoshdan uzoqlashishga intiladi,
ammo tashqi kuchlar bunga to`sqinlik qiladi va sayoralarni o`z orbitasida tutib qoladi.
Bunday tashqi kuch Quyosh gravitatsiyasi, ya'ni tortish kuchidir.
Har bir sayora o‟z orbitasi bo`ylab harakat qiladi va uning tezligi o‟zi bilan
Quyosh o`rtasidagi masofaga bog‟liq. Sayora Quyoshga yaqin kelganida tezligi
ortadi, uzoqlashganda esa susayadi. Yer Quyoshga eng yaqin borganida, tezligi
sekundiga 30,2 kilometrga yetadi, eng uzoq yerga yetganda esa — 29,6 kilometrga
tushadi. Sayyora orbitasi Quyoshga yaqin borganida uning tortish kuchi ortadi,
uzoqlashganida esa kamayadi. Katta tortish kuchi sayyora harakatini jadallashtiradi.
Masalan, Merkuriy sekundiga o`rtacha 47,9 kilometr, Pluton esa 4,6 kilometr tezlik
bilan harakat qiladi.