Atom tuzilishi va xossalari

2020-03-13 22:59:27

Kimyo 8-sinf
Mavzu: Atom tuzilishi va xossalari
Matn: Atom (yun. atomos – bo‘linmas) – kimyoviy elementning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki "bo‘linmas" nomini olgan bu zarraning ichki tuzi-lishi anchagina murakkab. A. musbat za-ryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tash-kil topgan. A. markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida o‘lchovlari (~ 10~8 sm) A. o‘lchovlarini ifodalay-digan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. A. yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. A.dagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (A.dagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning dav-riy tizimidagi tartib raqamiga teng. A. elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. A.ning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qo‘shilib, A.lar molekulalar hosil qiladi. A.ning ichki energiyasi uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya ma’lum (diskret) qiymatlarga ega bo‘lishi va u sakrashsimon kvant o‘tishlardagina o‘zgarishi mumkin. Ma’lum qiymatdagi energiyani yutib, A. qo‘zg‘algan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga o‘tadi. A. foton chiqarib, qo‘zg‘algan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga o‘tadi. A.ning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli mas-siv yadro joylashgan, yadro atrofida – Ze elektronlar aylanadi. Atomning de-761yarli hamma massasi yadroda to‘plangan. qolganlari esa qo‘zg‘algan sathlar deyi-ladi.A. tuzilishi haqidagi fan ("Atom fi-zikasi" "Yadro fizikasi", "Elementar zarralar fizikasi" va boshqa yo‘nalishlar) nazariyasi ancha murakkab bo‘lib, fizi-kaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga ta-yanadi.Ad.Atom yadrosi va zarralar fizikasi, 1995; Modda tuzi-lishi, 1997.