Bo'lish va kasrlar

2020-03-13 23:11:30

Matematika 5-sinf
Mavzu: Bo'lish va kasrlar
Matn: Boʻlish — koʻpaytirish amaliga teskari amal; koʻpaytma va koʻpaytuvchilardan biri maʼlum boʻlganda ikkinchi koʻpaytuvchi Boʻlish orqali topiladi. a ni ga boʻlish bx=a tenglamani qanoatlantiruvchi x ni topish demakdir. Bu yerda: a — boʻlinuvchi, b — boʻluvchi, x — boʻlinma deb ataladi. a ni b ga boʻlish a amali a: yoki — timsollari bilan belgilanadi.

Kasr - matematikada birning bitta yoki bir nechta qismidan (boʻlagidan) iborat son. Kasr ikkita butun sonning nisbati bilan ifodalanadi:yoki n/m . Bu yerda m kasrning maxraji, n boʻlsa surati deyiladi. Maxraj chiziqning ostiga (yoki ketiga), surat boʻlsa chiziqning ustiga (yoki oldiga) yoziladi.

Maxraj bir sonni necha boʻlakka boʻlinganini koʻrsatadi, surat boʻlsa shu kasrda shunday ulushlardan nechta borligini koʻrsatadi. Masalan, kasrida surat 3 dir va u kasr teng uch boʻlakni ifodalashini koʻrsatadi. Maxraj boʻlsa 4 dir va u toʻrtta boʻlak bir boʻlib butunni hosil qilishini anglatadi.

Matematikada koʻrinishida yozsa boʻladigan barcha sonlar ratsional sonlar toʻplamiga kiradi. Bu yerda a va b butun sonlardir va b 0 ga teng emas (b‡0).

Kasr sonlar yaqqol surat yoki maxrajli boʻlmasligi ham mumkin, masalan oʻnli kasr, foiz, manfiy darajalar (mos ravishda 0,01, 1% va 10−2; bularning har biri 1/100 ga teng). Butun sonni ham maxraji 1 ga teng kasr koʻrinishida yozish mumkin: masalan 7 va 7/1 bir-biriga teng.

Kasrlar nisbat va boʻlinmalarni ifodalashda ham ishlatiladi.Masalan, 3/4 kasr 3:4 nisbat va 3 ÷ 4 boʻlinmani ifodalaydi.