TO BE feli
Ortga
23413
2020-08-11
Saqlash
Ulashish
Ingliz tili 5-sinf
Mavzu: TO BE feli
Matn: "To Be" fe'li ingliz tilida eng ko'p qo'llaniladigan fe'llardan biri hisoblanadi. Ko'pgina qo'llanmalar ham aynan ana shu fe'lni o'rgatishdan boshlanadi. Men ham shu an'anani davom ettirgan holda, "to be " fe'lini dastlabki mavzu sifatida yoritmoqchiman.Demak "to be" fe'li haqida so'z yuritamiz.
1) "To be" fe'li ingliz tilidagi barcha fe'llar kabi bir xil funksiyani bajaradi, ya'ni gapning kesimi bo'lib keladi. Masalan: to be - bo'lmoq, to have - ega bo'lmoq, to come - kelmoq, to tell - aytmoq. Biroq "to be" fe'lini fe'l zamonlarida qo'llaganimizda uning shakllaridan foydalanamiz.
Shunday qilib, Hozirgi noaniq zamonda 'to be' fe'lining 3 ta shakli mavjud: am, is, are. Quyidagi jadvalga e'tibor bering:
Ko'rib turganingizdek, birinchi shaxs birlikda "am" ni ishlatamiz, ya'ni I am. Bu bilan siz tuzmoqchi bo'lgan gapingizni yarmini tuzib bo'ldingiz. Endi faqat "am" dan keyin keladigan so'zni qo'ysak bo'ldi. Masalan, biror kishini kasbini aytishda "to be" fe'lidan foydalanamiz. Demak, "I am a musician" deb aytishimiz mumkin. Jadvalni o'rganib chiqing va quyidagi gaplarni o'qing:
Bo'lishli gaplardan tashqari inkor gaplar ham mavjud. Ularni yasash juda oson. "am/is/are" dan so'ng "not" so'zini yozsangiz kifoya. Demak: am not/ is not/ are not. Quyidagi gaplarni tarjima qilib ko'ring.
Questions - So'roq gaplarAm I number 3? - Men 3 - raqammanmi?Is she your sister? Is it my bicycle? Are they at school? Is he a fat man? Aren't you doctors? Are we short? Isn't he ready? Is your father at home? Are Ted and Sam happy? Is your friend here?
Mavzu: TO BE feli
Matn: "To Be" fe'li ingliz tilida eng ko'p qo'llaniladigan fe'llardan biri hisoblanadi. Ko'pgina qo'llanmalar ham aynan ana shu fe'lni o'rgatishdan boshlanadi. Men ham shu an'anani davom ettirgan holda, "to be " fe'lini dastlabki mavzu sifatida yoritmoqchiman.Demak "to be" fe'li haqida so'z yuritamiz.
1) "To be" fe'li ingliz tilidagi barcha fe'llar kabi bir xil funksiyani bajaradi, ya'ni gapning kesimi bo'lib keladi. Masalan: to be - bo'lmoq, to have - ega bo'lmoq, to come - kelmoq, to tell - aytmoq. Biroq "to be" fe'lini fe'l zamonlarida qo'llaganimizda uning shakllaridan foydalanamiz.
Shunday qilib, Hozirgi noaniq zamonda 'to be' fe'lining 3 ta shakli mavjud: am, is, are. Quyidagi jadvalga e'tibor bering:
"To be" fe'lining shaxs-sonda tuslanishi |
|||
Shaxs-son |
Birlik |
Shaxs-son |
Ko'plik |
1) I |
am |
1) We |
are |
2) You |
are |
2) You |
are |
3) He/She/It |
is |
3) They |
are |
Ko'rib turganingizdek, birinchi shaxs birlikda "am" ni ishlatamiz, ya'ni I am. Bu bilan siz tuzmoqchi bo'lgan gapingizni yarmini tuzib bo'ldingiz. Endi faqat "am" dan keyin keladigan so'zni qo'ysak bo'ldi. Masalan, biror kishini kasbini aytishda "to be" fe'lidan foydalanamiz. Demak, "I am a musician" deb aytishimiz mumkin. Jadvalni o'rganib chiqing va quyidagi gaplarni o'qing:
- I am a teacher - Men o'qituvchiman.
- You are tall - Sizning bo'yingiz baland.
- He is clever - U aqlli.
- She is 29 - U 29 yoshda.
- It is big - U katta.
- We are doctors - Bizlar shifokorlarmiz.
- They are students - Ular talabalar.
- am/is/are + kasblar: My father is a taxi-driver.
- am/is/are + sifatlar: She is very beautiful.
- am/is/are + sonlar: Anvar is 29 years old.
- this/that/these/those + is/are: This is a cat but that is a dog. These are computers but those are TV sets.
- There is/are: There are seven books on the table. There is box under the table. There are some bags behind the door.