Proeksiya

Geometriya 11-sinf
Mavzu: Proeksiya
Matn:

Proyeksiya (lot. projectus — oldinga irgʻitilgan) — biror narsaning tekislik (qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Mas, fazodagi A nuqtani P’ tekisligiga proyeksiyalash uchun P. markazi S orkali P’ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri chizigʻi oʻtkaziladi. A’ nuqta A ning P.si deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. P. markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan P. markaziy yoki konus P. deyiladi.

P. markazi fazoning cheksiz uzoqlikdagi nuqtasi £°= da boʻlsa, barcha pro-yeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlar parallel boʻladi va P. parallel yoki silindrik P. deyiladi. Chizmachiliqda parallel proyeksiyalashning xususiy turi qoʻllaniladi. Bunda proyeksiyalash tekisligi proyeksiyalash yoʻnalishiga perpendikulyar joylashadi. Bunday P. toʻgʻri burchakli yokiortogonal P. deyiladi. Markaziy va parallel P.lar chizma geometriyada keng qoʻlla-niladi.