Yupqa linza
Ortga
13581
2020-03-20
Saqlash
Ulashish
Mavzu: Yupqa linza
Matn: Linza (nem. Linse, lot. lens — yosmiq; ikki tomoni qavariq shisha) — 1) optikada — ikkala tomoni sferik (yoki boshka shakldagi) sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism; yorugʻlik oqimi shaklini oʻzgartirib beradi. Asosan, optik sistemalarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. L., koʻpincha, shishadan tayyorlanadi; inf-raqizil nurlar yoki ultrabinafsha nurlar uchun shaffof moddalar (kvars, flyuorit va boshqalar) dan tayyorlanadi. L. sirtining koʻrinishi koʻpincha sferik, maxsus L.larda esa sferik boʻlmasligi ham (mas, silindrik) mumkin. Odatda, sferik sirtlar bilan yoki bitta sferik sirt va bitta yassi sirt bilan chegaralangan L.lar keng qoʻllanadi. Shak-liga koʻra, L.lar qavariq va botiq xillarga boʻlinadi. Sferik sirtlarning S, va S2 markazlari orqali oʻtgan MM, toʻgʻri chiziq L.ning bosh optik oʻqi, O nuqta optik markazi deb ataladi. L.ning optik markazi orqali burchak ostida oʻtuvchi har qanday toʻgʻri chiziqlar L.ning qoʻshimcha optik oʻqlari deyiladi.
L.ni koʻplab prizmalarning yigʻindisi deb tasavvur qilish mumkin (4-rasm). Qavariq L.lar parallel nurlar dastasini yigʻib beradi [ularni yigʻuvchi (musbat) L.lar deyiladi]; Botik L.lar yorugʻlikni har tomonga tarqatib yuboradi [ularni tarqatuvchi (manfiy) L.lar deb ataladi]. Parallel nurlarni musbat L.larda bir nuqtada — L.ning bosh fokusida, manfiy L.larda esa (tarqalayotgan nurlarni) L.ning mavhum bosh fokusida yigʻish mumkin. Manfiy L.larda buyumning mavhum tasviri, musbat L.larda haqiqiy, ammo teskari tasviri oli-nadi. L.ning optik markazidan foku-sigacha boʻlgan masofa L.ning fokus masofasi deyiladi. Optik asboblarda, L.larning optik aberratsiyasi tufayli, bir necha L.lar ishlatiladi; 2) akustikada— tovush yoʻnalishini oʻzgartira oladigan (tovushni fokuslaydigan) qurilma. Optik L. kabi akustik L. ham ikki ish sirti bilan chegaralanadi. Bu ikki sirtning sindirish koʻrsatkichi asosiy tav-sifi boʻladi. Shu sababli L. materiali shaffof boʻlganida uning toʻlqin qarshiligi muhitning toʻlqin qarshili-giga yaqin boʻlishi shart. Akustik L. kattiq, suyuq, gazsimon moddadan iborat boʻlishi mumkin. Havoli L.lar radioapparaturalarda, qattiq va suyuq L.lar defektoskopiyada, tibbiyot diagnostikasida qoʻllanadi, shuningdek, ultra-tovushdan foydalanish (texnika va biologiya)da uni konsentratsiyalash (yigʻish) uchun ishlatiladi.
Havola bilan ulashish




