Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish.

Ona tili 9-sinf
Mavzu: Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish.
Matn: KO`CHIRMA GAPLARNI O`ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH
Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi. Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi.

Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:

  • darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi: «Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston etishini aytdi.

  • ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi: Bola dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi.

  • muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi: «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi.

  • muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi: «Asli ismim Akramjon», - dedi yigit.Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi.

  • so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi: O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi.

  • ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi: «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi.

  • ko`chirma gap tarkibidagi undov, kirish so`zlar tushirib qoldiriladi: «Etib keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.

NUTQ USLUBLARI HAQIDA MA’LUMOT

Uslubiyat – tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, nutq jaoayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi, nutq uslubi hisoblanadi. So`zlar ham ma’lum nutq uslubigi oslanish-xoslanmaslik belgisigi ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llanadigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlar sanaladi. Masalan: qish, maktab, yomg`ir, eski, yangi, o`qish, ishlamoq, men, biz, bormoq, ko`cha kabi so`zlar uslubiy betaraf so`zlar bo`lib, barcha uslublarda qo`llana oladi. Taklif qildi, jilvalandi, zimiston, tavassum kabi so`zlar kitobiy uslubga, do`ndirdi, misol uchun, maza, qaytlaring kabi shakllar esa uslubiy xoslangan – faqat so`zlashuv uslubiga xos so`zlardir.

Nutq so`zlovchining til materiallari bilan fikr ifodalash vositasidir. Nutq hissiy-ta’siriy ifodalangan bo`lishi yoki usiz betaraf ifodalangan bo`lishi mumkin. Masalan: Rais ularning qo`ynini puch yong`oqqa to`latib jo`natdi. Rais ularni aldab jo`natdi. Bu birliklarning birinchisida fikr hissiy-ta’siriy bo`yoq bilan, ikkinchisida esa bo`yoqsiz ifodalangan. Daroz, to`la, vadbashara, iflos, tirjaymoq, yoqimtoy kabi so`zlar uslubiy bo`yoqdor so`zlardir.

O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:

1.So`zlashuv uslubi

2.Publitsistik uslub

3.Ilmiy uslub

4.Rasmiy uslub

5.Badiiy uslub

Bulardan so`zlashuv uslubi og`zaki; qolganlari yozma nutqqa xosdir. Nutq uslublarini o`rganuvchi tilshunoslik sohasiga uslubshunoslik deyiladi. Arabshunos olimlardan Istahriy, Ibn Havqal, al-Muhaddasiy va boshqalar Shosh Biloyati haqida yozganda uning markazi Binkat shahri deb ko`rsatganlar.Binkat hozirgi Hadra, Eski Jo`va va Chor su oralig`ida bo`lgan.

SO`ZLASHUV USLUBI

Bu uslub keng qo`llanadigan uslublardan biridir. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo`llaniladigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubi hisoblanadi. So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi diologik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi: –badbaxt fitna! Qo`yasanmi-qo`ymaysanmi axir?

Unli tovushlarni cho`zish (kelaqo…l, bo`…l), ayrim undosh tovushlar orttirilishi (maza, haqqing yo`q, huvBBB) kabi holatlar kuzatiladi.

Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati gap bo`laklari tartibi erkinligidir. Bu uslubda ko`proq sodda gaplar, to`liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.

PUBLITSISTIK USLUB

Ommaviy axborot vositalari uslubi, tashviqot-targ`ibot ishlari olib borishda foydalanadigan nutq tili publitsistik uslub hisoblanadi. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo`lib, soddalik, tushunarlilik ta’sirchanlik adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Bu uslubda reja, anjuman, farmon, ijro, kengash, ishtirokchi, hukumat, davlat kabi ijtimoiy – siyosiy so`zlar keng qo`llanadi.

Publitsistik uslubning ham og`zaki va yozma shakllari mavjud. Radio – teleBidenie uslubi publitsistik uslubning og`zaki shaklidir, gazeta, jurnal uslubi esa yozma shaklga hosdir. vahor… bu kun olam uyg`onmoqda. Ana yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko`tarmoqda.

BADIIY USLUB

Badiiy asarlar tili badiiy uslubda bo`ladi. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo`l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Masalan: Martning oxirgi kunlari. Ko`k yuziga suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan behabar, hanuz g`aflatda yotgan o`t-o`lanni, qurt-qumursqani, avvalgidan ham yorug`roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotgandek tuyuladi.

Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo`lgan barcha vositalardan foydalanishi. mumkin. Tasvirlanayotgan davr ruhini aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlarni, qahramonlar fe’l-atvorini ko`rsatish maqsadida noadabiy til qatlamlariga xos so`zlarni qo`llashi mumkin.

ILMIY USLUB

Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalariga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga hos atamalarga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi. Atomlar kimyoviy bo`linmaydigan zarralar. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar hisoblanadi.

Fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Bu uslubda so`zlar faqat o`z ma’nosida qo`llanadi, qoida, ta’rifning mazmunini to`laroq ochish uchun ajratilgan, bo`laklar, kirish so`z va iboralar, qo`shma gaplardan kengroq foydalaniladi.


RASMIY USLUB

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi.

Samarqand shahar

10-maktab direktori

K.Komilovga 9-sinf

o`quvchisi

H.Akbarovdan

ARIZA


Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o`qitiladigan 9 “A” sinfiga o`tkazishingizni so`rayman.

Muddat


Imzo H.Akbarov

INSHO NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT

Insho arabcha so`z bo`lib, “yuzaga keltirish”, “yozuv”, “ijod” kabi ma’nolarni bildiradi. Insho qoralama (xomaki) va oq nushalardan iborat bo`ladi. Insho yozish uchun sodda va murakkab ko`rinishlarda reja tuzib olinadi.

RIVOYA – INSHO

Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo`llaniladi. Hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar turli xil marosimlar, ekskursiyalar, safar taasurotlari bunday ko`rinishdagi insholar uchun material bo`lib xizmat qiladi. Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs Voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan bo`lishi lozim. Bundan tashqari, o`quvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin.

MUHOKAMA INSHO

Bunday turdagi insholar uchun sinfda o`tkazilgan vahs, munozara material vazifasini o`taydi. Muhokama-inshoda o`quvchidan o`z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. Masalan: “vatanni asrab-avaylash deganda nimani tushunaman?” , “vaxt nima?”, “Yigirma birinchi asr insoniyatga nimalar olib keldi?” kabi mavzularda vaxs uyushtirish mumkin.

TASVIRIY INSHO

Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalaridan farqlari ko`rsatiladi, taqqoslanadi. Emotsionallikni xosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o`hshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi.Shuningdek, bunda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi. Shaxslar va manzaralar ko`z oldiga keltirilib, ularning timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy – insholar o`quvchilarning fikrini o`stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobilyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.

TINISH BELGILARINI QO`LLASH QOIDALARI

Ma’lum bir maqsad, fikr og`zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi.Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko`rsatishda qo`shimcha, ammo zaruriy vositadir. So`zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz:

bahor keldi. bahor keldi! bahor keldi?

Bu uch gapdagi habar, xis-xayajon, so`roq mazmuni gaplardan so`ng qo`yilgan tinish belgilari orqali bilinadi. Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko`ra qo`llanadi.

  1. Mazmun. Ifodalanmoqchi bo`lgan mazmun tugallangan bo`lsa, nuqta, undov yoki so`roq belgisi, uch nuqta qo`yiladi:

- O`zimiz institut ochayapmiz, bilib qo`y...

- Institut?

- Institut!

O`zgalarning gapi bo`lsa, qo`shtirnoqqa olinadi: “Ertaga sinovlar boshlanadi”-dedi o`qituvchimiz. Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qo`shma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izoh talab tushunchalar ko`p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.

  1. Grammatik qurilish. Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko`ra qo`llaniladi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo`yilishi yoki qo`yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.

Ayrim ergash gaplar o`z tuzilishiga ko`ra vergul bilan ajratiladi: Yo`lchi, qancha aqchasi bo`lsa ham, berishga tayyor edi. Bu jumladagi qancha aqchasi bo`lsa ham, ergash gap bo`lgani uchun bosh gap orasida to`htalish (pauza) bo`lmasa ham, undan so`ng vergul qo`yiladi.

  1. Ohang. Ohang fikr maqsadning og`zaki nutqdagi asosidir. Har bir tinish belgisi o`ziga hos ohangga ega bo`ladi. Undov, so`roq belgisi, ko`p nuqta va nuqta, tire tugallangan ohang bilan nuqtali vergul, qo`shtirnoq, qavs kichik to`htalish bilan, ajratilgan ohang bilan nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, tire-izoh ohangi bilan; vergul, nuqtali vergul kichik to`xtalish ohangi bilan talaffuz qilinadi. Ayrim tinish belgilari ohang talabi bilangina qo`yiladi:

Qush mag`rur – qanoti bo`lgani uchun,

Tog` mag`rur – savlati bo`lgani uchun

Bu jumlada tire ohang talabi bilan, birinchi gaplarning ma’nosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qo`yilgan. vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo`ladi. Bu jumlada kesim egaga bo`ladi bog`lamasi bilan birikkani uchun egadan so`ng tire qo`yilmasligi kerak edi. Ammo ega mantiqiy urg`u olgani uchun undan so`ng tire qo`yilgan.

SODDA GAPLAR VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO`LLANISHI

  1. Darak gaplar. Mazmuniga ko`ra xabar beruvchi, tinch ohang bilan aytiluvchi gaplardir va bu xil gaplar oxirida nuqta qo`yiladi: valijondan salom. Oydin kecha. Havo sof va salqin.

His-hayajon ifodalangan darak gaplardan keyin undov belgisi yoki ko`p nuqta qo`yilishi mumkin: Minglab gulistondan afzaldir bu joy.

  1. So`roq gaplar. Biron narsa, Voqea hodisa to`g`risida xabar berishni so`ragan gaplardir. Bu xil gaplar so`roq olmoshlari, yuklamalari ohangi orqali tuziladi va ulardan so`ng so`roq belgisi qo`yiladi:Sinovlarga qanday tayyorlanayapsiz? Zarur – Zarur adabiyotlarni? Agar so`roq gap qo`shimcha mazmun ifodalasa, undan so`ng undov belgisi, so`roq belgisidan tashqari, ko`p nuqta va boshqa belgilar qo`yiladi:kurashadi ikki to`lqin qarab turaymi!? Nahotki daryolar teskari oqar?! Siz bu ishga qanday qilib qo`l urdingiz!

  2. Undov gaplar. Mazmuniga ko`ra ikki guruhni tashkil etadi.

-mazmunidan buyruq, iltimos, tashBiq, maslahat, tilak – orzu, kinoya, do`q ma’nolari anglashilgan undov gaplar (bunday gaplarni buyruq gaplar ham deyiladi);

-faqat his-hayajon anglatuvchi undov gaplar birinchi turdagi undov gaplarning kesimi buyruq fe’li yoki shart fe’llari bilan ifodalanadi bu xil gaplardan so`ng ko`proq undov belgisi. Ba’zan mazmuniga qarab ko`p nuqta, undov belgisi bilan ko`p nuqta ba’zan birdan ortiq undov belgisi qo`yiladi. Undov gaplarning ikkinchi turi sof his-hayajon bildiruvchi gaplardir bu turdagi undov gaplar, undov so`zlar, nisbiy olmoshlar, ohang va bu vositalarning birlashishi bilan ifodalanadi: Ey bola paqir – yey! Eshikka tomon yurar ekan: essiz, essiz, ey bechora!...-dedi o`zicha.

O`h u kapshanchilar qishlog`i shunaqa chiroylimi! Bu qanday bedodlik, bu qanday zulm!!!

Bu qanday adolatsizlikki, bola onasiz qolsa!

Qanday quvonch!

EGA BILAN OT - KESIM ORASIDAGI TIRENING ISHLATILISHI

Ot-kesimlar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalanganda, ega bilan ot-kesim orasiga tire qo`yiladi. Kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega ot, olmosh, otlashgan so`z yoki harakat nomi bilan ifodalanishi mumkin. Kesimlar ot, olmosh, otlashgan so`z bilan ifodalangan ega yoki kesim bilan yoki har ikkisi o`ziga oid so`zlar bilan kengayib kelganda, tire kesimga oid so`zlardan oldin, bevosita egadan so`ng qo`yiladi. Kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanganda ham ega bilan kesim orasiga tire qo`yiladi:

Maqsadim – a’lo o`qimoq. Ikki karra ikki – to`rt.

Ega bilan kesim bu, u, mana bu so`zlari bilan ajralganda ham, ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so`zlardan oldin qo`yiladi:

Tinchlik – bu seBinchdir, hayotda lazzat,

Tinchlik-bu totuvlik, har ishda orom.

Ega bilan ot kesim orasida tire qo`yilmasligining sababi shuki, kesim –dir, bo`ladi, bog`lamalari bilan kelgan yoki kelishik qo`shimchasini olgan bo`ladi. Bundan tashqari, kesim sifat, ravish, egalik olmoshi yoki tartib son bilan ifodalanganda ham, ega bilan kesim orasiga tire qo`yilmaydi.Ega bilan kesim orasida quyidagi o`rinlarda ham tire qo`yilmaydi.

  1. Agar ega bilan kesim orasida quyidagi o`rinlarda ham yordamchisi bo`lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi.

  2. Kesim shaxs qo`shimchasi olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam – u, qog`ozi – keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?

  3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori vaho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin?

UYUSHIQ BO`LAKLARIDA TINISH BELGILARI

Gapda birdan ortiq ega, kesim, hol, aniqlovchi, to`ldiruvchi bo`lishi mumkin. Bunday bo`laklar uyushik bo`laklar deyiladi. Uyushgan bo`laklar bir xil shaklda, bir xil vazifada keladi. Uyushgan bo`laklar o`zaro bog`lovchisiz yoki bog`lovchilar bilan bog`lanadi. Bog`lovchisiz bog`langan uyushiq bo`laklar biriktirkvchi ohang bilan o`zaro birikadi.

  1. Bog`lovchisiz bog`langan uyushiq bo`laklar vergul bilan, agar ular birikib kelsa, nuqtali vergul bilan ajratiladi: Kitob, qalam, daftar bo`lsin yo`ldoshing. U hovli supurdi, suv tashidi, kul tozaladi. Qo`nonboy yonida bir gala xushomadgo`ylari: Segizboylardan Moybosar, Jaqib, Iziquttilardek qarindoshlari; Juontayoq, Qorabotir, To`pay, To`rg`ay elining oqsoqollari bor edi.

  2. Bog`lovchili uyushiq bo`laklar o`zaro teng bog`lovchilar yordamida bog`lanadi. Teng bog`lovchilar to`rt xil bo`ladi:

  • zidlovchi bog`lovchilar: ammo, lekin, biroq;

  • ayiruv bog`lovchilar: yo, yoki, yohud, goh, dam;

  • biriktiruv bog`lovchilari: va, ham, bilan;

  • inkor bog`lovchisi: na-na.

Zidlovchi bog`lovchilar orqali bog`langan uyushiq bo`laklar orasiga Vergulqo`yiladi:

Oy yoritadi, ammo isitmaydi.

Ayiruv bog`lovchilari orqali bog`langan uyushiq bo`laklarda ayiruv bog`lovchisi yolg`iz kelsa, uyushiv bo`laklar orasiga vergul o`yilmaydi: takrorlanib kelsa, vergul shu bog`lovchilardan oldin qo`yiladi:

Seni Zebo, zebi qiz deymi,

Oydin kecha yo kunduz deymi,

Sohijamol yo dilvar deymi,

Yo san’atkor, yo chevar deymi?! (A.Umariy)

Yo, yoki, yoxud, goh, dam ayiruv bog`lovchilaridan tashqari, shu vazifada ba’zan, bir, ham so`zlari ham keladi.

Inkor bog`lovchisi yordamida bog`langan uyushiq bo`laklarda ham vergulning ishlatilishi takroriy ayiruv bog`lovchilaridagi kabi bo`ladi:

Na xotin, na farzand ko`rmagan,

Hayotning zavqini surmagan...

Bu o`rinda inkor bog`lovchisi yordamida birikkan uyushiq bo`laklar orasida va bog`lovchisi bo`lsa, ular o`zaro vergul bilan ajratilmaydi: Na kampirning va na Qoratoyning yupatishlari kor qildi.

Biriktiruv bog`lovchisi yordamida bog`langan uyushiq bo`laklar orasida Vergulishlatilmaydi: Qishloqlar yasanadi va obod bo`ldi.

Olma bilan gilos, olucha, anor,

Bizning bog`imizda istagancha bor.

-bilan ko`amkchisi teng bog`lovchi vazifasida ham kelib, uyushiq bo`laklarni o`zaro bog`laydi, bunday vaqtda uyushiq bo`laklar orasiga Vergulqo`yilmaydi: Qalam bilan daftar oldim;

-ham bog`lovchisi takrorlanib kelsa, uyushiq bo`laklar orasiga Vergulqo`yiladi:

Mening kirib kelishim har ikki uyda, ya’ni bizning uyda ham, Saodatlarning uyida ham juda katta quvonchlarga sabab bo`ldi.

Biriktiruv bog`lovchisi vazifasida –u(yu), -da yuklamalari ham kelishi mumkin. –u(yu) yuklamasi gap bo`lagiga chiziqcha bilan qo`shib yozilib, undan keyin Vergulqo`yilmaydi:

-da yuklamasi chiziqcha bilan yozilib, undan keyin Vergulqo`yiladi:

Irq-u rang-u din-u nasab singari

Axloqsiz so`zlarni olmas og`ziga. (G`.G`) Salima keldi-da, darhol qaytib ketdi.

Uyushgan va uyushmagan aniqlovchilar. Agar aniqlovchilar shaxs yoki narsa-buyumni bir tomondan aniqlasa, uyushgan aniqlovchi bo`ladi:

Keng, mehribon, iliq quchog`ing,

Xamisha mazlumlar panohi bo`lgan. (G`.G`)

Bu xil aniqlovchilar vergul bilan ajratiladi. Aniqlovchilarning uyushmasligiga sabab ularning shaxs yoki narsa-buyumni turli tomondan aniqlashidir. Bu holda ular orasiga vergul qo`yilmaydi: Issiqdan mudragan horg`in oriq otining yalqov qadamiga vardosh qilib shahardan kelayotgan edi.

Uyushiq bo`laklar umumlashtiruvchi so`zlar bilan birga kelishi mumkin. Ular uyushiq bo`laklarni birlashtiradi, umumlashtiradi. Bunday so`zlarni ayirib ko`rsatish uchun maxsus tinish belgilari tire yoki ikki nuqta qo`llanadi.

Umumlashtiruvchi so`z umumiy (to`da) tushunchani, uyushiq bo`laklardan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo`yiladi: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar, qorong`ilikda jimgina cho`kdi. Jaladan so`ng daladagi narsalarning hammasi: polizlardagi ekinlar, daraxt nihollari, hatto omonat chayla ham yer bag`irlagan edi.

Agar umumlashtiruvchi so`z uyushiq bo`lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so`zdan oldin tire qo`yiladi: Gulzorning narigi tomonida daroyi, xusayni, yakdona, charos, kishmish – turli uzum ishkomlari bor edi. Yosh-u qari, erkak-ayol – hamma mehmonlarni kutib olishga peshBoz chiqdi. Bir yoqda olmalar, o`riklar, giloslar, olchalar – mevali daraxtlar tutash havo gulzori yasaydi.

GAPNING AJRATILGAN BO`LAKLARI VA ULARDA TINISH BELGILARINI QO`LLANILISHI

Gapning bo`laklari ajratilishi mumkin. Gap bo`laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Gapning hamma bo`laklari ham ajratilishi mumkin:

  1. Ajratilgan egalar: Men, Salimov To`lqin, Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida 1968 – yili tug`ildim.

  2. Ajratilgan kesimlar: Uyda ko`p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.

  3. Ajratilgan aniqlovchilar: O`sha otga mana bu bolaning, Qurbonberdining ishqi tushib qolgan ekan.

  4. Ajratilgan to`ldiruvchi:

Kechqurun osh suzsak, bir nasiva kam,

Qo`msayman birovni – allakimimni. (G`.G`)

  1. Ajratilgan hol: Yillar mana shu xilda, osoyishta o`tar edi.

Ajratilgan bo`lak ikki vazifada keladi:

  1. u o`zidan oldingi mavhum ma’nodagi bo`lakning ma’nosini izohlaydi va diqqatni ana shu bo`lakka jalb qiladi;

  2. o`zi ifodalagan mazmunning ma’nosini ajratadi, diqqatni shu bo`lakka qaratadi.

Bu xil ajratilgan bo`laklar ham ikki turli bo`ladi:

-ajratilgan sifatlovchili aniqlovchilar: Borlig`im-la farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon!

-ajratilgan ravishdosh qurilmalari: Ey Farg`ona! Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, seBib, o`pib, quchib, opichlab, Ey vaxtlarni valog`atga yetkazgan ona!

AJRATISH USULLARI

  1. Gap bo`laklarining tartibi o`zgaradi, ajratilgan bo`lak o`z aniqlanmishidan keyin keladi: Men yomondan, ayrilib, yaxshini topganing qani? Bugun kun bo`ladi, ravshan va bedog`.

  2. Ajratilgan bo`lak boshqa bir bo`lakning ma’nosini izohlamay, o`zi ifodalagan bo`lakninng ma’nosini ajratib, diqqatni o`zi ifodalagan mazmunga jalb qilib keladi: So`ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yeqildi.

Bu xil gap qurilmalarning o`z egasi bo`lsa, ergash gap sanaladi.

AJRATILGAN BO`LAKLARDA TINISH BELGILARINING QO`LLANISHI

  1. Ajratilgan bo`lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: bayroq, havo rang, mag`rur xilpirab turar.

Ajratilgan aniqlovchilar aniqlanmishidan bevosita oldin kelgani uchun undan so`ng to`xtalish bo`lmaydi, vergul qo`yilmaydi. Fe’l bilan yonma-yon kelgan ravishdosh va ravishdosh qurilmalardan keyin ham tinish belgisi qo`yilmaydi: Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini... bilgandir. Salim otaning, mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi. Kimdir mehmonlarni ancha yergacha kuzatib qo`ydi.

Ajratilgan bo`lak ya’ni, masalan kabi so`zlar bilan bog`lanishi mumkin. Bunda vergul ana shu so`zlardan oldin qo`yiladi.

  1. Agar ajratilgan bo`lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo`yiladi:

Paxtakor o`zbekman – zavardast, mag`rur,

Sharqning mayog`i deb atalur yurtim. (G`.G`)

  1. Ajratilgan bo`lak gap orasida kengayib yoki uyushib kelsa ham har ikki yoki bir tomoniga tire yoki vergul va tire qo`yiladi: Ismi varlos – sodda, dilovar – ov va qush ilmining piridir.

GAP BO`LAKLARI BILAN GRAMMATIK ALOQAGA KIRISHMAGAN SO`ZLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Gap bo`laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan so`zlarga undalmalar, kirish so`z va kirish gaplar, ha va yo`q so`zlari va undovlar kiradi.

  1. Undalmalarda tinish belgilarining ishlatilishi. Undalmalarda gap bo`laklaridan vergul yoki undovlar belgisi bilan ajratiladi. Undalmalar gap boshida kelganda – undan keyin, gap orasida kelganda, har ikki tomoniga, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo`yiladi. His-hayajon bilan ifodalangan undalmalardan so`ng (gap boshi va ohirida) undov belgisi qo`yiladi:

Onajonlarim, hamma o`zining eski devorini quchoqlab o`tira bersa, yurt qachon obod bo`ladi?

Undalma undov so`zlar bilan birikib kelishi mumkin. Agar undov so`z kuchli his-hayajon bilan aytilib, undan so`ng to`xtatilish bo`lsa, undov so`zdan so`ng ko`p nuqta yoki vergul qo`yiladi: Qo`yaqol!... Men uchun... ovora bo`lib o`tirma... (Ch) – Oy! ...bek rahmsizlik bunaqa bo`lar ekan... Xuddi qiyomat bo`ldi! (A.Qodiriy).

  1. Kirish so`z va kirish gaplarda tinish belgilari.

Kirish so`z va so`z birikmalari so`zlovchining xabarga bo`lgan modal munosabatlarini ifodalaydi va pauza (to`xtalish) ohangi bilan ajralib turadi. Agar shu to`xtalish bo`lmasa, u gap bo`lagi bo`ladi: So`zsiz, bu yil imtihonlarni yuqori baholar bilan tamomlaymiz – kirish so`z. O`rtog`i bilan so`zsiz salomlashdi – hol. Kirish so`z shaklidagi so`z gap bo`lagi bo`lganda, u tinish belgilari bilan ajratilmaydi.

Kirish so`zlar gap boshida kelsa, undan so`ng, gap orasida kelsa, har ikki tomoniga, gap oxirida bo`lsa undan oldin vergul qo`yiladi: Shubhasiz, toptalar, yengilar g`anim. Siz bu gaplardan bexabarsiz, albatta.

Kirish gaplar – gapning ayrim bo`laklariga yoki umumiy mazmuniga izoh beruvchi qurilmalardir. Ular pasayuvchi yoki ko`tariluvchi maxsus ohang bilan ajralib turadi. Tarkibi uncha katta bo`lmagan kirish gaplar vergul bilan ajratiladi.Tarkibi ancha katta bo`lgan va gapga umumiy izoh beruvchi gaplar qavsga olinadi yoki tire bilan ajratiladi: Qurbon ota uning suhvatini hushlamasa ham, odamning yuzi issiq – hamsafar bo`lishi to`g`risidagi sazasini o`ldirmadi.

UNDOV SO`ZLAR, va, ha, yo`q SO`ZLARIDAN SO`NG TINISH BELGILARINI ISHLATILISHI

Undov so`zlar va, ha, yo`q so`zlari aytilayotgan fikrga so`zlovchining munosabatini bildiradi, ulardan so`ng Vergul, agar chuqur his-hayajon ifodalansa, undov belgisi qo`yiladi:

  • voy, qir muncha chiroyli bo`p ketdi?

  • voy-vuy! Asl jannat deng,taqsir.

  • Oh-oh-oh! Otangizga rahmat!

Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi.

Yo`q, urushning nomi o`chsin.

Undov so`zlar so`zlovchining his-hayajonini (sevinchi, qayg`usi, qo`rqishi, havasi, achinishi, taajjubi, nafrati, pichingi afsusi va...), ha va yo`q so`zlari so`zlovchining roziligi yoki qarshiligini bildiradi. His-hayajon, fikr tugallanmagan o`rinlarda undov so`z va ha, yo`q so`zlaridan so`ng ko`p nuqta qo`yilishi ham mumkin: O...serjant, bu urush ko`p odamlarning yostig`ini quritib yubordi.

Undov so`zlar va ha, yo`q so`zlari mustaqil gaplar bo`lib kelishi ham mumkin. Bunda ulardan keyin tinish belgilari sodda gaplardagi kabi qo`llanadi: O... Ho`kiz yo`q, o`g`il ko`cha tomondan teshilgan...

QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI. BOG`LANGAN QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI

Bog`langan qo`shma gap qismlari teng bog`lovchilari yordamida bog`lanadi. Biriktiruv bog`lovchilari (va, ham, hamda) yordamida bog`langan qo`shma gap qismlari orasiga vergul qo`yilmaydi. Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg`iri salovatli shovillardi.

Zidlovchi bog`lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida bog`langan qo`shma gap qismlari orasiga shu bog`lovchidan oldin vergul qo`yiladi: Men uyalib yerga qarayman, ammo Turg`un pisand qilmay shaftolini maqtaydi.

Zidlovchi bog`lovchilardan oldin nuqta yoki nuqtali vergul qo`yilish hollari ham bor. Mazmunan ancha mustaqil bo`lgan qo`shma gap qismlari orasida zidlovchi bog`lovchilardan oldin nuqta qo`yiladi:Ular bir-birlariga mamnun qarab qo`yishdi. Biroq Ortiq natijani bundan ham ortiq chamalaganini aytdi. Ayiruvchi (yo, yoki, goh, dam) va inkor bog`lovchisi (na, na) orqali bog`langan qo`shma gaplarda vergul ishlatiladi:

Yoki mening ko`nglim hamma vaqt yosh, yoki chiroy senga umrbod yo`ldosh.

Takrorlanib kelgan ayiruvchi yoki inkor bog`lovchilari yordami bilan birikkan gaplarda vergul takrorlangan ikkinchi bog`lovchidan oldin qo`yiladi. Ayiruvchi bog`lovchi takrorlanmasligi ham mumkin, bu holda qo`shma gapni tashkil etgan gaplar orasiga vergul qo`yilmaydi: Ilgari ham kun shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi?

YORDAMCHILARSIZ BOG`LANADIGAN QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Vergulva nuqtali vergulning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog`lanadigan qo`shma gap tarkibidagi mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan, bir paytda yoki ketma-ket bo`lgan voqea-hodisalarni ifodalagan sodda gaplar orasiga vergul qo`yiladi: Havo ochiq, quyoshning iliq nuri qirov bosgan marzalardan yengil bug` ko`taradi. (S.A)Kechasi shamol tindi,yo`l azobidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.(L.vat)

Birinchi qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarda bir paytda, keyingisida keyingisida esa ketma-ket bo`lgan voqea-hodisalar ifodalangan. Og`zaki nutqda bunday gaplar sanash ohangi bilan aytiladi.

Yordamchilarsiz bog`lanadigan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni uqadar yaqin bo`lmagan voqea-hodisalarni ifodalasa, shuningdek sodda gapalrning o`zida vergul ishlatilgan bo`lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo`yiladi: Shinel jiqqa ho`l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.(O.)Qushlarning sho`hlik bilan sayrashi mayin, yoqimli va mungli bu ovozni bosolmaydi;daraxtlarning shitirlagan ovozi qulog`imga yozning xayrlashuv qo`shig`idek eshitilardi.(M.G.)

Ikki nuqtaning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda ikki nuqta qo`yiladi:

  1. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa: Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko`ngliga vahs sig`mas edi.(P.Q.)

  2. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa: Uning otasi bir yilda bog`ni juda yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go`zal gulzorlar yaratdi, turli-tuman payvandlar qildi.

  3. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini to`ldirib kelsa: Bildi ota: foydasizdir qiynamoq. (H.H) Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.

Tirening ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda tire qo`yiladi:

  1. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni bir-biriga zid bo`lganda: Ko`z qo`rqoq – qo`l botir (Maqol.)

  2. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gaplarning tarkibidagi birinchi sodda gapning mazmuni ikkinchi sodda gapning mazmuniga o`xshatilsa: vaqting ketdi – vaxting ketdi. (Maqol.)

  3. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi birinchi sodda gap ikkinchi sodda gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini yoki shartini bildirsa: Yurt tinch - sen tinch. (Maqol.)

ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Ergash gaplarning bosh gapga bog`lanish yo`llari va tinish belgilari bilan ajratilishini uch qismga bo`lish mumkin:

1.Ergash gaplarning tobe bog`lovchilari orqali bosh gapga bog`lanishi va vergul bilan ajratilishi. 1.1Agar ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, chunki, go`yo bog`lovchilari orqali bog`lansa, vergul shu bog`lovchilardan oldin qo`yiladi:


Har kun ortar ko`zlarimda nur,

Shuning uchun yo`q aslo g`amim (H.O)

2.Ergash gap bosh gapga –ki bog`lovchisi orqali bog`lansa, vergul shu bog`lovchidan so`ng qo`yiladi: Bu xonaga shunday jimlik cho`kkanki, go`yo unda hayot butunlay yo`q.

3.Ergash gap bosh gapga bog`lovchi sifatida qo`llangan deb orqali bog`lansa , Vergulshu so`zdan keyin qo`yiladi: Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha berida to`xtatdi.

II. Agar ergash gapning kesimi ravishdosh yoki shart fe’li orqali ifodalansa, vergul kesim vazifasidagi ana shu fe’l shakllaridan keyin qo`yiladi: Gulnor bu yerga kelsa, Nuri darhol biron yumush qildirar edi. Daryo qancha chuqur bo`lsa, u shuncha sekin oqadi.

III.Ergash gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalanishi mumkin, bunda sifatdosh uchun,sari, sayin, chog`, payt kabi so`zlar bilan birikadi. Bu holda Vergulergash gapning sifatdosh bilan ifodalangan kesimiga qo`shilib kelayotgan ana shu vositalardan so`ng qo`yiladi: Hammamiz dalaga yo`l olgan chog`da, katta to`y tusini oladi qishloq.

Ba’zan sifatdosh o`rin-payt yoki chiqish kelishigi qo`shimchalarini ham olib keladi. Bunda vergul kelishik qo`shimchasini olgan sifatdoshdan keyin qo`yiladi: Nuri gapga e’tibor qilmaganidan, Yormat endi qiziga qarab so`zlay boshladi.

KO`CHIRMA GAPLARDA TINISH BELGILARI

Ko`chirma gap o`zgalarning gapi bo`lib, muallif gapi esa ko`chirma gapni keltiruvchi shaxs gapidir. Ko`chirma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul, nuqta, qo`shtirnoqning qo`llanishi ko`chirma va muallif gaplarining o`rinlashishiga bog`liq bo`ladi. Odatda, ko`chirma gap muallifi gapidan so`ng, oldim yoki uning tarkibida bo`lishi, muallif gapi ko`chirma gapning har ikki tomonidan kelishi mumkin: Oyqiz o`zini og`irlikka solib, mayin ovoz bilan qatiy buyurdi: - Otingiz! O`zingizni bosing!

1.Agar ko`chirma gap muallif gapidan so`ng kelsa, undan oldin ikki nuqta qo`yiladi va ko`chirma gapdan so`ng tire qo`yiladi yoki qo`shtirnoqqa olinadi.

2.Agar ko`chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, ko`chirma gapdan keyin Vergulhamda tire qo`yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi.

Gapning mazmuniga ko`ra ko`chirma gapdan so`ng nuqta, so`roq belgisi yoki undov belgisi bo`lishi mumkin, bunda:

  • muallif gapidan so`ng kelgan ko`chirma gaplarda so`roq yoki undov belgilari qo`shtirnoq ichiga olinadi va qo`shtirnoqdan so`ng hech qanday tinish belgisi qo`yilmaydi;

  • muallif gapidan oldin kelgan ko`chirma gaplarda so`roq yoki undov belgisi qo`shtirnoq ichiga olinib, undan keyin tire qo`yiladi, so`ngra esa muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi.