Og'irlik va Vaznsizlik kuchi

Fizika 7-sinf
Mavzu: Og'irlik va Vaznsizlik kuchi
Matn: Ogʻirlik — Yer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga toʻsqinlik qiladigan gorizontal tayanch (yoki osma) ga taʼsir kuchi. Nyutonning ikkinchi qonuniga koʻra , jismning vazni P=m(g — a) =F(h — a/g), bunda: t — jism massasi, g — erkin tushish tezlanishi, a — tashqi kuchlar taʼsirida jism erishgan tezlanishi, Gʻ — tortishish kuchi va Yerning sutkalik aylanishi tu-fayli hosil boʻluvchi kuchning geometrik yigʻindisidan iborat ogʻirlik kuchi, a =0 boʻlganda vazn ogʻirlik kuchiga teng , g=a boʻlganda vazn nolga teng boʻladi, yaʼni vaznsizlik holati yuzaga keladi. Vazn — oʻzgaruvchan kattalik, u joyning geografik kengligiga boglik (qutbda u ekvatordagiga qaraganda kattaroq qiymatga ega boʻladi). Jismning ekvatordagi vazni qutbdagi vazniga qaraganda 1/288 marta kichik. Vazn va massa har xil fizik kattalik. Vazn jism harakteristikasi boʻla olmaydi. Jismning harakteristikasi — bu uning massasidir. Xalqaro birliklar tizimi SI da vazn ogʻirlik kuch birligi nyuton (N)da, massa — massa birligi kilogramm (kg) da oʻlchanadi.
Vaznsizlik — jismning muallaq fizik holati; bunda jismga taʼsir etuvchi tashqi kuchlar shu jism zarralarining bir-biriga oʻzaro bosimini vujudga keltirmaydi. Jism Yer ogʻirlik maydonidagi gorizontal tekislikda tinch turgan boʻlsa, unga ogʻirlik kuchi va qarama-qarshi yoʻnalgan kuch taʼsir qiladi, natijada jism zarralarining bir-biriga bosimi vujudga keladi. Odam organizmi bu bosimni ogʻirlik sifatida idrok qiladi. Yerning sunʼiy yoʻldoshi (yoki kosmik kema — KK) ichidagi jismlar yoʻldosh b-n birga maʼlum boshlangʻich tezlik olgach, ogʻirlik kuchi taʼsirida oʻz orbitasi boʻylab bir xil tezlanish b-n harakatlanadi. Shuning uchun jismlar bir-biriga yoki yoʻldosh korpusiga bosim koʻrsatmaydi, yaʼni vaznsizlik holatida boʻladi. Jismning vaznsizlik holatida boʻlish shartlari: 1) jismga tortishish kuchlaridan boshqa hech qanday kuchlar taʼsir qilmasligi; 2) bu kuchlar maydoni bir jinsli boʻlishi, yaʼni barcha zarralar qiymat va yoʻnalish jihatdan bir xil tezlanish oladigan boʻlishi; 3) hamma zarralar ilgarilanma harakat qilishi kerak. Bu shartlar, mas., erkin tushayotgan jismda, erkin uchayotgan (dvigatellari yurgizilgan) YESY va KK larda roʻy beradi. Kosmonavt kabinadan ochiq kosmosga chiqqanda ham vaznsizlik holatida boʻladi, chunki ochiq kosmosda tayanch yoʻq. Kosmik fazoga uchish kishidan jismoniy va asabiy kuch talab qiladi. Kishi kosmik fazoda gʻayritabiiy sharoitda boʻladi. Uzoq vaqt (oylar va yillar) vaznsizlik holatida boʻlish tirik organizm uchun zararlidir. Shuning uchun KK ichida muayyan darajada oʻta zoʻriqish hosil qilinishi, KK gildirak shaklida yasalishi, KK gʻildirak tekisligiga tik oʻq atrofida aylanib turishi kerak, degan takliflar ham boʻlgan.