Foizlar

Matematika 5-sinf
Mavzu: Foizlar
Matn: Foiz (lotincha pro cento - yuzdan so'zidan kelib chiqqann) deb yuzdan bir ulushga aytiladi.

1 % yozuvi 0,01 ni bildiradi; 27 %= 0,27; 100 %=1; 150 % = 1,5 va hokazo.

Maoshning 1 % i maoshning 0,01 qismini bildiradi; ishni to'la bajarish - rejanini 100% bajarish demakdir; rejani 150 % bajarish - rejani 1,5 hissa bajarish va hokazo demakdir.

Biror sonning foiz ifodasini topish uchun shu sonni 100 ga ko'paytirish (yoki uning vergulini ikki xona o'ng tomonga surish) kerak.

Misollar. 2 ning foiz ifodasi 200 %; 0,357 ning foiz ifodasi 35,7 %, 1,753 ning foiz ifodasi 175,3 %.

Sonni o'zining foiz ifodasidan topish uchun uning foiz ifodasini 100 ga bo'lish (yoki vergulni ikki xona chapga surish) kerak.

Misollar. 13,5 % = 0,135; 2,3 % = 0,023; 145 %=1,45; 0,4% =0,004.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring: