Uchburchak va uning turlari

Geometriya 7-sinf
Mavzu: Uchburchak va uning turlari
Matn: Uchburchak tomonlarining uzunligiga koʻra, uch xil boʻladi: Teng tomonli uchburchak — uchala tomon uzunliklari teng boʻlgan uchurchak. Uning hamma ichki burchaklari teng yani, 60°. Teng yonli uchburchak — tomonlaridan ikkitasi teng boʻlgan uchburchak. Teng tomonlari qarshisidagi burchaklari ham oʻzaro teng. Turli tomonli uchburchak — uchala tomoni uzunliklari turlicha boʻlgan uchburchak. Ularning burchaklari ham turlicha. Uchburchak burchaklarining kattaliklariga koʻra uch xil boʻladi: To'g'ri burchakli uchburchak — burchaklaridan biri 90° boʻlgan uchburchak.Toʻgʻri burchakli uchburchakning toʻgʻri burchagi qarshisida yotuvchi tomoni gipotenuza, qolgan ikki tomoni katetlari deb ataladi. O’tmas burchakli uchburchak — burchaklaridan biri 90°dan katta (o’tmas burchak) boʻlgan uchburchak. O’tkir burchakli uchburchak — burchaklaridan biri 90°dan kichkina (o’tkir burchak) boʻlgan uchburchak. O'xshash uchburchaklar O’xshash uchburchakning mos burchaklari teng, mos tomonlari esa proporsional bo’ladi. Ikki o’xshash uchburchak yuzlari nisbati o’xshashlik koeffitsentining kvadratida teng. Uchburchak o'xshashligining alomatlari: Teorema ( Uchburchak o’xshahsligining BB alomati):Agar bir uchburchakning ikkita burchagi ikkinchi uchburchakning ikkita burchagiga mos ravishda teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’xshash bo’ladi. Teorema (Uchburchak o’xshashligining TBT alomati):Aga bir uchburchakning ikki tomoni ikkinchi uchburchakning ikki tomoniga proporsional va bu tomonlar hosil qilgan burchaklar teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’xshash bo’ladi. Teorema (Uchburchaklar o’xshashligining TTT alomati):Agar bir uchburchakning uchta tomoni ikkinchi uchburchakning uchta tomoniga mos ravishda proporsional bo’lsa, bunday uchburchaklar o’xshash bo’ladi.