(Eng)Kishilik olmoshlari

Ingliz tili 5-sinf
Mavzu: (Eng)Kishilik olmoshlari
Matn: Kishilik olmoshlari Ingliz tilida sen va siz olmoshlari uchun you ishlatiladi. Ayollar uchun she, erkaklar uchun he , hayvonlar va jonsiz predmetlar uchun it qo'llaniladi .
Birlik ko'plik I - men we - biz
she - u you - siz
he - u they - ular
it - u
Ko'plikda they olmoshi jonli va jonsiz narsalar uchun ular ma'nosida ishlatiladi . Masalan: Nick and Jane are friends. They are at school now. The books are on the table. They are English books.
Egalik olmoshlari
my - mening our - bizning
her your - sizning , sening
his - uning their - ularning
its
Egalik olmoshlari narsalarning kimga tegishli ekanini anglatib , gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi . Masalan: It's my book . Our room is large . Mos egalik olmoshlarini qo'llang : 1. Ann is ... sister. 2. She is ... sister ... name is Aziza . 3. Bob is ... brother .. hobby is chess . 4. ... institute is large . 5. Pete and Bob are friends. ... parents are doctors . 6. It is ... book . 7. It is a dog. ... name is Max . 8. It is ... flat . Ingliz tiliga tarjima qiling Ularning rejasi , bizning xonamiz , mening do'stim , uning mashinasi , mening kvartiram , sizning kitobingiz , bizning daftarimiz , ularning xonalari , uning ishi , sizning ishingiz. Egalik olmoshining mustaqil shakli
mine - meniki ours - bizniki
his - uniki yours - sizniki

hers - uniki theirs - ularniki its - uniki
Gaplarni tarjima qiling.
1. Men kiyimlarimni o'zim yuvaman. 2. Talabalar savollarga o'zlari javob berishlari kerak . 3. Biz xonalarni o'zimiz yig'ishtramiz . 4. U doim taksiga o'zi haq to'laydi . 5. Biz do'stim bilan teatrga o'zimiz bo'ramiz . 6. Talabalar imtihonlarga o'zlari tayyorlanadilar. 7. Mening do'stim pianinani o'zi chololadi . 8. Talabalar ma'ruza matnlarni o'zlari tanlaydilar. 9. Mening ukam o'zi bo'gchaga boradi . 10. Men o'zim opamga uy ishlarida yordam beraman .
No'aniq olmoshlar - some , any , no Some - bir necha , ba'zi ma'nolarni anglatib faqat bolishli darak gaplarda qo'llaniladi . Masalan: I need some books - menga bir nechta kitob kerak . Some people don't like rock music - Ba'zi kishilar rokni yoqtirishmaydi . Some s'oroq gaplarda ishlatilganda yana bi'roz ma'nosini anglatadi . Do you want some more tea ? Siz yana choy ichasimi ?
Somebody - kimdir , something nimadir deb tarjima qilinadi . Any asosan so'roq va bo'lishsiz gaplarda ishlatiladi . Do you see any people in the street ? - Ko'chada birontasini ko'ryapsizmi ? I don't want any help - Menga hech qanday yordam kerak emas . Any bo'lishli darak gapda ishlatilganda har qanday ma'nosini anglatadi . Any citizen of Uzbekistan has the right to education . if bo'glovchidan keyin any ishlatiladi . If you have any questions ask please . anybody - harkim , kimdir . Anything - biror narsa ma'nosini bildiradi.
Ingliz tilida faqat bitta inkor ishlatiladi , boshqa tillarga ikkita inkor bilan tarjima qilinadi
I have no friends - mening hech qanday do'stim yo'q. I go nowhere - men hech qaerga bormayman . Tarjima qiling . 1. There are some pictures on the wall . 2. There are some night houses . 3. At the entries you can see people . 4. They saw nobody there . 5. Do you know anybody who plays two or three misical instruments? 6. Did you go anywhere last evening ? 7. Did you see any new film last week ? 8. Somebody came into the room . 9. I see some nice flowers in the vase . 10. Some people don't know any foreign language.
Tarjima qiling 1. Men bu kompozitor haqida biroz ma'lumot olmoqchiman. 2. Siz maru'za uchun hohlagan mavzuingizda tanlashingiz mumkin. 3. Zal shunday qorong'i ediki , men do'stlarimdan hech qaysisini ko'ra olmadim . 4. O'zingiz sevgan aktyoringiz haqida biroz narsa gapirib bering . 5. Birontasi tarjima qilishda yordam berdimi ? 6. Men bu savolga hech qanday javob topa olmadim . 7. Hech kim bu konsertga borgani yo'q . 8. Siz biror erga bordingizmi . 9. Menda teatr haqida bir necha kitoblarim bor . 10. Kecha biznikiga kimdir tashrif buyurdi. Mos olmoshni tanlang: 1. Do you learn (some , any) foreign languages? 2. Has your friend got (any,some) magazines? 3. I didn't get (some , any) letters yesterday . 4. Please take (some , any) German book which you like . 5. I didn't think we have got (some, any) time today to discuss this question . Nuqtalar o'rniga mos noaniq olmoshlarni qoying . 1. ... students study English in our group? 2. Do you see ... actor on the stage? 3. Have you got ... musical instruments at home? 4. The teacher was angry, because ... came to the lesson. 5. I can not find my book ... help me to find it. 6. There are ... books on the shelves . 7. Is there ... in his hand ? 8. Listen, ... is knocking at the door. 9. I am very tired ,I want to go ... to rest. 10. If you know ... interesting about the play , tell me please